Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Manba: Robert Levandovski mavsum yakunida «Barselona»ni tark etadi

Manba: Robert Levandovski mavsum yakunida «Barselona»ni tark etadi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunilangach, jamoani tark etadi. Bu haqda BBC jurnalisti Gilyem Balage xabar bermoqda.

37 yoshli polshalik hujumchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, tajribali futbolchi faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Robert Levandovski «Barselona»dagi to‘rtinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Shu vaqt ichida u «ko‘k-anorranglilar» libosida jami 188 ta uchrashuvda maydonga tushib, 118 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» ayni paytda Ispaniya La Ligasida yaqin ta’qibchisi «Real»ni 11 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Katta ehtimol bilan, kataloniyaliklar mavsum yakunida chempionlik unvonini himoya qilishga muvaffaq bo‘lishadi va Levandovski jamoa bilan chempion sifatida xayrlashadi.

Kiritildi: 11:45, 27.04.2026.
O'qildi: 342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик