Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» bir mavsumda safar o‘yinlarida gol urish bo‘yicha tarixiy natijani qayd etdi

«Bavariya» bir mavsumda safar o‘yinlarida gol urish bo‘yicha tarixiy natijani qayd etdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya Bundesligasi 31-turi doirasida safarda «Mayns» jamoasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi — 4:3.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi myunxenliklar uchun muvaffaqiyatsiz kechdi va jamoa tanaffusga 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yo‘l oldi. Biroq ikkinchi bo‘limda Vensan Kompani shogirdlari o‘yin tizginini to‘liq o‘z qo‘llariga olib, to‘rtta gol urishga va g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

Bayern & Germany nashrining xabar berishicha, ushbu uchrashuv jamoa uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. «Bavariya» Bundesliga tarixida bir mavsum davomida safar o‘yinlarida 50 ta gol urgan ilk jamoaga aylandi. Hozirda myunxenliklar hisobida mehmonda urilgan 53 ta gol mavjud. Qayd etish joizki, jamoani oldinda hali yana bitta safar bahsi — «Volfsburg»ga qarshi o‘yin kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubi joriy mavsumda allaqachon muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirib bo‘lgan.

Kiritildi: 12:34, 27.04.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик