Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Levandovski uchun Saudiya Arabistoni variantlari ustuvor bo‘lib turibdi

Levandovski uchun Saudiya Arabistoni variantlari ustuvor bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubining afsonaviy hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi transfer bozoridagi eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

Polshalik to‘purarning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga ikki oydan kam vaqt qoldi, biroq tomonlar haligacha uni uzaytirish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgani yo‘q. Jurnalist Sebastyan Stashevskining so‘zlariga ko‘ra, 37 yoshli forvard qaror qabul qilishga shoshilmayapti. U klub rahbariyatidan kelgusi mavsumda jamoadagi roli qanday bo‘lishi bo‘yicha aniq signal kutmoqda.

Hozirgi vaqtda tajribali hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Saudiya Arabistoni klublarida imkoniyat yuqoriroq baholanmoqda. Qayd etilishicha, bu yerda nafaqat moliyaviy shartlar, balki turmush tarzi ham muhim rol o‘ynaydi. Xususan, AQSH bilan solishtirganda vaqt farqining kamligi va adaptasiya jarayonining yengilligi futbolchining tanloviga ta’sir qilishi mumkin.

Avvalroq OAVda Levandovskining «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Biroq manbaga ko‘ra, A Seriya klublari hozirda sermahsul hujumchi uchun asosiy da’vogarlar hisoblanmaydi.

Ma’lumot uchun, Robert Levandovski joriy mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:42, 27.04.2026.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик