Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Chelsi» hujumchisi APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

«Chelsi» hujumchisi APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubiga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida «Bavariya» safida to‘p surayotgan hujumchi Nikolas Jekson yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Myunxen klubi senegallik forvardning transfer huquqini sotib olmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, tez orada Angliyaga qaytadigan Jeksonning xizmatlariga «Nyukasl» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qarg‘alar» futbolchi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Joriy mavsumda 24 yoshli Nikolas Jekson barcha musobaqalarda jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 4 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:45, 27.04.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик