Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Barselona» Yulian Brandtni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

«Barselona» Yulian Brandtni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi yozgi transfer oynasida Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Yulian Brandtni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Fussballdaten nashri xabar bermoqda.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunida Germaniya klubini erkin agent sifatida tark etadi. «Barselona» rahbariyati Brandtni tarkibni kuchaytirish uchun eng maqbul — «oltin variant» sifatida ko‘rmoqda. Biroq kataloniyaliklar bu yo‘lda jiddiy raqobatga duch kelishlari mumkin. Nemis futbolchisiga, shuningdek, «Aston Villa», «Nyukasl» va Madridning «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Yulian Brandt joriy mavsumda «Borussiya» safida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Avvalroq Dortmund klubi sport direktori Lars Rikken futbolchi bilan amaldagi shartnoma uzaytirilmasligini rasman tasdiqlagan edi.

Kiritildi: 13:11, 27.04.2026.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик