Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Tottenxem» Xavi Simonsning jarohati yuzasidan bayonot berdi

«Tottenxem» Xavi Simonsning jarohati yuzasidan bayonot berdi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi yarim himoyachi Xavi Simonsning jarohati qanchalik jiddiy ekanini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi APL 34-turi doirasidagi «Vulverxempton»ga qarshi bahsda (1:0) jarohat olib, maydonni zambilda tark etgan edi. Tibbiy ko‘riklar natijasida futbolchining tizzasidagi oldingi xochsimon boylamlari uzilgani aniqlandi.

London klubi bergan xabarga ko‘ra, Simons yaqin haftalar ichida jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Futbolchining o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu jarohat tufayli 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Xavi Simons APLning joriy mavsumida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Kiritildi: 13:23, 27.04.2026.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик