Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Fabiano Karuana: «O‘zbekiston hukumati shaxmatga ham katta sarmoya kiritmoqda»

Fabiano Karuana: «O‘zbekiston hukumati shaxmatga ham katta sarmoya kiritmoqda»

Baho:
+ | -

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Fabiano Karuana shaxmat rivojida davlatning o‘rni haqida to‘xtalar ekan, bu boradagi eng yorqin misol sifatida O‘zbekistonni alohida e’tirof etdi.

Karuananing ta’kidlashicha, hukumat darajasidagi yuksak e’tibor tufayli O‘zbekiston bugun dunyo shaxmatining yetakchi mamlakatlaridan biriga aylangan.

“Agar so‘nggi yigirma yillikda shaxmatda eng katta o‘sishga erishgan mamlakatlarni sanasak, bular — O‘zbekiston va Hindistondir. Bu davlatlarda hukumat shaxmatni rivojlantirish uchun ulkan mablag‘ va kuch sarfladi, natijalar esa ko‘z o‘ngimizda. O‘zbekiston unchalik katta bo‘lmagan davlat bo‘lishiga qaramay, dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini yetishtirib chiqarmoqda”, — deydi grossmeyster.

Shuningdek, shaxmatchi elit sportchilarning vazifasi nafaqat g‘alaba qozonish, balki yosh avlodni shaxmatga qiziqtirish ekanini, O‘zbekiston kabi davlatlarda bu tizim namunali yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashgan Javohir Sindorov 10 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va musobaqani mag‘lubiyasiz yakunladi. U turnir davomida ikkita rekordni yangiladi: eng ko‘p jamg‘arilgan ochko va eng ko‘p g‘alaba. Sindorov da’vogarlar musobaqasida Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanandha (ikki marta), Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey Yi kabi kuchli grossmeysterlar ustidan g‘alaba qozondi.

Javohir Sindorov mazkur turnir g‘olibi sifatida amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Turnir sanasi va manzili FIDE tomonidan e’lon qilinadi.

Shuningdek, Sindorov 2025-yilgi Jahon Kubogida barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempion bo‘lgan edi. Nodirbek Abdusattorov esa 2025-yilda London Chess Classic, 2026-yilda esa Tata Steel Chess musobaqalarida zafar quchdi. Nodirbek Yoqubboyev 2023-yilda Qatar Masters turniri g‘olibi bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:16, 27.04.2026.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик