Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Kristian Kivu: «Chempionlik uchun bizga atigi 3 ochko kerak»

Kristian Kivu: «Chempionlik uchun bizga atigi 3 ochko kerak»

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 34-turida «Torino» bilan durang (2:2) qayd etgan «Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biroz hafsala pir bo‘ldi, chunki biz o‘yinni nazorat qilayotgan edik, ammo raqibning so‘nggi bosimi vaqtida bo‘shashdik. «Torino»ning birinchi goli muvozanatimizni buzib yubordi, ikkinchisi esa darhol ketidan darvozamizga kirdi. Javob qaytarishga harakat qildik, ammo bunday o‘yinlarda hatto mag‘lub bo‘lish ham hech gap emasdi», — dedi murabbiy klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Kivu, shuningdek, raqibning irodasini e’tirof etib, jamoasining turnir jadvalidagi holati haqida to‘xtaldi: «Torino»ga qoyil qolish kerak, ular oxirigacha taslim bo‘lishmadi. Bu durang uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, ammo umumiy vaziyat u qadar o‘zgargani yo‘q. Oldinda 4 ta o‘yin qoldi, chempionlikni naqd qilish uchun bizga atigi 3 ochko kerak».

Ayni damda «Inter» 79 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o‘rindagi «Napoli» hisobida 69 ochko mavjud.

Kiritildi: 19:13, 27.04.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик