Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ildar Sakayev: "10 ta o‘yin, 10 ta mag‘lubiyat? Har qanday seriyaning oxiri bor"

Ildar Sakayev: "10 ta o‘yin, 10 ta mag‘lubiyat? Har qanday seriyaning oxiri bor"

Baho:
+ | -

"Mash’al" hamda "Buxoro" o‘rtasidagi Superliganing 10-tur bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Ildar Sakayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Mag‘lub bo‘ldik. “Buxoro”ni ko‘p o‘rgangan edik. Ketma-ket 10 mag‘lubiyat bu juda yomon.

— Abubakarning chetlatilishiga munosabatingiz?
— O‘yin vaziyati edi. U atayin fol qilishni xohlagani yo‘q. Futbolchi charchasa xato qilishni boshlaydi. Chetlatilish bo‘lmaydi deb umid qilgandim, chunki bizda 7-8 nafar futbolchimiz jarohatlangan. Mag‘lubiyatda biror futbolchini aybdor qilib bo‘lmaydi, bu jamoaning muvaffaqiyatsiligi. Imkoniyatimizdan kelib chiqib kurashdik. Futbol kontaktli sport turi. Kurashlar bo‘lishi tabiiy.

— 10 ta o‘yin, 10 ta mag‘lubiyat. Jamoani bunday ruhiy holatdan chiqarishning iloji bormi?
— Bu mag‘lubiyatlarda hammamiz aybdormiz. Bu vaziyatdan chiqish qiyin, ammo har qanday seriyaning oxiri bo‘ladi. Taslim bo‘lish kerak emas.

— “Mash’al” bugun avvalgi 9 ta bahsdan yaxshiroq o‘ynadi, biroq hujumda omad yetishmadi. Ayagva zaxiradan tushdi, ammo uning jismoniy holati yaxshi emasligi bilinib qoldi.
— Bizda 8 nafar futbolchi jarohat olgan. Imkoniyatdan kelib chiqib futbolchilarni maydonga tushiryapmiz. Resurslarimiz chegaralangan, shu sababli o‘yinda muvozanatni ushlay olmadik. Futbolchilar nafaqat jismoniy balki ruhan ham og‘ir holatda.

— Jarohatlanganlar ko‘p ekan, kelasi bahslarda yoshlar jamoasidan futbolchilar chaqiriladimi?
— Albatta. Ichki resurslardan foydalanishimiz kerak.

— JCH-2026 paytida Superligamizda tanaffus paydo bo‘ladi. Bu vaqtdan unumli foydalanish uchun rejalaringiz bormi?
— Bu vaqtdan jarohatlanganlarni safga qaytishi uchun harakat qilamiz, ichki manbalarimizdan yaxshi futbolchilarni o‘stirib, ularni asosiy jamoaga jalb qilishga urinamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 08:31, 28.04.2026.
O'qildi: 546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик