Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

U-17 Osiyo kubogi chorak finaldan boshlab translyasiya qilinadi

U-17 Osiyo kubogi chorak finaldan boshlab translyasiya qilinadi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 5 may kuni Saudiya Arabistonida start oladigan 17 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati TV-translyasiyasi qisqartirilgan formatda amalga oshiriladi. Bu haqda Alisher Nikimbayev xabar tarqatdi.

"O‘quvchilardan biri U-17 Osiyo kubogi o‘yinlari OFK tomonidan translyasiya qilinmasligi haqidagi xabar rostmi, deb so‘ramoqda.

Ha, bu ma’lumot to‘g‘ri, ammo to‘liq emas. Teletranslyasiyalar rejalashtirilgan, lekin faqat chorak final bosqichidan boshlab. Guruh bosqichi o‘yinlarini esa (va’da qilinganidek) OFKning YouTube kanali orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Yana bir jihat shundaki, translyasiyalar ancha soddalashtirilgan formatda — faqat bitta kamera orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aytish kerakki, xuddi shunday talabni FIFA ham 2025 yildan boshlab U-17 Jahon chempionati translyasiyalari uchun qo‘ygan edi. Biroq o‘tgan yil Qatarda bo‘lib o‘tgan turnir tashkiliy qo‘mitasi kamida 9 ta kamera bilan translyasiya tashkil qilishga qaror qilgan. Eng ko‘pi bilan esa 16 ta kamera ishlatilgan. Xarajatlar o‘rtasidagi farqni tashkiliy qo‘mita o‘z hisobidan qoplagan.

Ko‘rinishidan, Saudiya Arabistonida OFK uchun bitta kamera yetarli deb hisoblangan va shu formatda qoldirilgan", — deyiladi "Futbolium" telegram-kanali tarqatgan xabarda.

Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston U17 terma jamoasi musobaqaning "D" guruhida ishtirok etadi. KXDR kuni kecha turnirda ishtirok etmasligini ma’lum qilgach, bizning guruhda faqat 3 ta jamoa qoldi — O‘zbekiston, Avstraliya va Hindiston. Jamoamiz guruhdagi ilk bahsini 10 may kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:46, 28.04.2026.
O'qildi: 1410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик