Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Sheshko: «Manchester Yunayted» YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonaman»

Sheshko: «Manchester Yunayted» YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonaman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko APL doirasida «Brentford» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Dushanba oqshomida «Old Trafford»da kechgan bahsda sloveniyalik forvard jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

«Hissiyotlar ajoyib. O‘yin qiyin kechdi, chunki bizga qarshi ancha murakkab raqib turganini bilardik. Ammo biz hisobni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik va bu g‘alabaga loyiq edik. Golim haqida gapirsam, o‘yindan o‘yinga o‘zimni yaxshiroq his qilyapman. Jamoadoshlarim bilan maydondagi o‘zaro tushunishimiz ham tobora shakllanmoqda», — dedi Sheshko Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Hujumchi, shuningdek, jamoaning Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatlariga ham to‘xtalib o‘tdi: «Biz oxirgi daqiqagacha kurashishimiz kerak. Bu vazifani uddalashimizga ishonaman».

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» navbatdagi uchrashuvini 3 may kuni o‘z maydonida «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 09:52, 28.04.2026.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик