Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Rummenigge: «PSJ»ning muvaffaqiyatlari Nosir Al-Xelayfiyning sabri va mehnati samarasidir»

Rummenigge: «PSJ»ning muvaffaqiyatlari Nosir Al-Xelayfiyning sabri va mehnati samarasidir»

Baho:
+3 | -

Myunxenning «Bavariya» klubi kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfining faoliyati haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi. Qatarlik biznesmen 2011 yildan buyon Parij klubini boshqarib kelmoqda va 2025 yilda jamoa o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

«Men Nosir uchun va muxlislar uni shunday yaxshi qabul qilishayotganidan xursandman. Aslida muxlislar ham undan ko‘p qarzdor. Qatar Sports Investments klubni sotib olguniga qadar «Pari Sen-Jermen» nima edi?

2020 yilgi finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng Nosirning qanchalik tushkunlikka tushgani yodimda. O‘shanda men unga sabrli bo‘lish kerakligini, futbolda hech narsa osonlik bilan qo‘lga kiritilmasligini aytgandim. Muvaffaqiyat uchun qattiq mehnat va aqlli transferlar zarur. «PSJ»ning yana yarim finalga chiqishi tasodif emas, ular fantastik futbol o‘ynashmoqda», — deya Rummeniggening so‘zlarini keltiradi RMC Sports.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 aprel kuni Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:14, 28.04.2026.
O'qildi: 258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик