Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Neymar Neymar bilan uchrashdi (foto)

Neymar Neymar bilan uchrashdi (foto)

Baho:
+ | -

Argentinaning «San-Lorenso» klubining Neymar ismli yosh muxlisi Janubiy Amerika kubogi doirasidagi o‘yin oldidan «Santos» hujumchisi Neymar bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda OneFootball nashri xabar bermoqda.

Uchrashuv Braziliya jamoasi to‘xtagan «Interkontinental» mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, bolakay braziliyalik yulduzning ashaddiy ishqibozi hisoblanadi. Uning ota-onasi farzandining ismini mashhur futbolchi sharafiga o‘zgartirishga ikkilanib o‘tirishmagan. Samimiy ruhda kechgan uchrashuv yakunida Neymar o‘z ismidoshining libosiga dastxat qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, «San-Lorenso» va «Santos» o‘rtasidagi bahs 29 aprel kuni Buenos-Ayresdagi «Pedro Bidegen» stadionida bo‘lib o‘tadi. Ayni damda argentinaliklar guruhda peshqadamlik qilishmoqda, «Santos» esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:05, 28.04.2026.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик