Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Manchester Yunayted» Reshforddan qutulib, uning o‘rniga Leauni olib kelmoqchi

«Manchester Yunayted» Reshforddan qutulib, uning o‘rniga Leauni olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» rahbariyati yozgi transfer oynasi uchun katta reja tuzgan. «Qizil iblislar» jamoa tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordni imkon qadar tezroq sotib yuborishni va uning o‘rnini «Milan» yulduzi bilan to‘ldirishni ko‘zlamoqda.

Mankunianliklar Reshfordni 30–40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ushbu transferdan tushgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rafael Leauni sotib olishga yo‘naltiriladi. «Milan» esa portugaliyalik vingeri uchun kamida 50 million yevro talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» ijara muddati yakunlanganidan so‘ng Reshfordni to‘liq sotib olish huquqidan voz kechgan edi. Shu tariqa, ingliz futbolchisining «Old Trafford»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Kerrik boshqaruvidagi «MYU» hujum chizig‘ini Leau yordamida yangilamoqchi.

Kiritildi: 13:13, 28.04.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик