«Manchester Siti» yozgi transfer oynasida «PSJ» vingeri Bredli Barkolyani sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bir qator xorijiy nashrlar xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya grandi 23 yoshli fransuz iqtidori uchun 100 million yevro miqdoridagi «kosmik» summani taklif qilishga tayyor. «PSJ» rahbariyati esa, agar taklif moliyaviy jihatdan o‘ta jozibador bo‘lsa, jamoaning asosiy vakillaridan biri bo‘lgan Barkolyani qo‘yib yuborish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Joriy mavsumda Bredli Barkolya parijliklar safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining ayni damdagi bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda, biroq uning transferi atrofidagi raqobat narxning yanada ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda.













