Taniqli futbol eksperti va insayder Timur Gurskaya «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning Parijdagi kelajagi haqida yangi ma’lumotlarni oshkor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya grandi rossiyalik posbon bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish ustida ishlamoqda.
«Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda «PSJ» unga yaxshilangan moliyaviy shartlar asosida shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda. Bu klub unga to‘liq ishonishidan dalolat beradi. Aytishlaricha, butun jamoa uni yaxshi ko‘radi, Safonovning kollektivdagi obro‘si juda baland», — dedi Gurskaya YouTube kanalidagi chiqishida.
Eslatib o‘tamiz, Matvey Safonov 1,5 mavsumdan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. «Krasnodar»dan ko‘chib o‘tgan darvozabon joriy yilning qishida jamoaning asosiy posboniga aylandi. U raqobatda Renato Marin va Lyuka Shevalye kabi darvozabonlarni ortda qoldirib, «birinchi raqam» maqomini qo‘lga kiritdi.













