Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Kroos: «Bavariya» joriy mavsumda «trebl» qayd etishga yaqin»

Kroos: «Bavariya» joriy mavsumda «trebl» qayd etishga yaqin»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq yulduzi Toni Kroos Myunxenning «Bavariya» klubi 2025/26 yilgi mavsumda «trebl» (bir mavsumda uchta asosiy sovrin) qayd etish imkoniyatlarini yuqori baholadi.

«Ha, shubhasiz. Ular bu bosqichgacha yetib kelishdi. So‘nggi yillarda buni uddalay olishmayotgandi. Ko‘pincha Chempionlar Ligasining chorak final yoki yarim finalida musobaqani tark etishardi. Oldinda hali yarim final bor, ayniqsa, Germaniya Kubogida bir necha yil davomida erta bosqichlarda chiqib ketishgandi.

Shu sababli, agar siz may oyida boshlanadigan ushbu pallagacha yetib kelib, barcha turnirlarda kurashni davom ettirayotgan bo‘lsangiz, demak, shu vaqtgacha ajoyib ishni amalga oshirgansiz. Albatta, ishni oxirigacha yetkazib qo‘yish kerak, lekin chempionlik unvoni naqd qilingan. Kubok finalida esa ular yaqqol favorit hisoblanishadi.

Chempionlar Ligasida esa men buni hozirgi vaqtda Yevropaning eng kuchli ikki jamoasi o‘rtasidagi 50 ga 50 imkoniyatli bahs sifatida ko‘ryapman. Shunday ekan, bu juda qiziq bo‘ladi. Va albatta, ularning finalgacha yetib borishiga umid qilaman».

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvi 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:55, 28.04.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик