Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Superliga: "So‘g‘diyona" - "Surxon" o‘yinida 7 ta gol urildi

Superliga: "So‘g‘diyona" - "Surxon" o‘yinida 7 ta gol urildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi Zomindagi stadionda Termizning «Surxon» klubini qabul qildi. Keskin va hujumkor ruhda o‘tgan bahsda jizzaxliklar yirik — 5:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari uchrashuvni juda faol boshlashdi. 11-daqiqadayoq Lyupcho Doriyev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Islom Qobilov oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda ham «bo‘rilar» hujumkorlikni pasaytirishmadi va Zoir Jo‘raboyev hamda Feysal Mulichning gollaridan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi.

O‘yin yakunida termizliklar Xumoyun Sherbo‘tayev va Stefen Chineduning sa’y-harakatlari bilan farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Biroq zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Bolevich 89-daqiqada jamoasining beshinchi golini urib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu muhim g‘alabadan so‘ng «So‘g‘diyona» ochkolari sonini 9 taga yetkazib, turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Surxon» esa 11 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.

Superliga. 10-tur
«So‘g‘diyona» – «Surxon» 5:2

Gollar: Lyupcho Doriyev (11), Islom Qobilov (15), Zoir Jo‘raboyev (53), Feysal Mulich (61), Aleksandr Bolevich (89) — Xumoyun Sherbo‘tayev (73), Stefen Chinedu (76).

«So‘g‘diyona»: N.Mirkovich, Z.Jo‘raboyev, I.Qobilov, O.Ahadov, F.Mulich, J.Qahramonov, O.Jo‘raqo‘ziyev, L.Doriyev, O.Karimov, A.Abdurashidov, N.Soyibov.

«Surxon»: O.Boymurodov, B.Jumatav, N.Ne’matxonov, B.SHamsiyev, D.Tursunov, X.SHerbo‘tayev, S.CHinedu, R.Fraydey, S.Abduhamidov, J.Jo‘rayev, B.SHaydulov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:12, 28.04.2026.
O'qildi: 1112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик