Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Chelsi» yulduzi Coca-Cola bilan yirik shartnoma imzoladi

«Chelsi» yulduzi Coca-Cola bilan yirik shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

«Cola-Cola» kompaniyasi «Chelsi» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Koul Palmer bilan hamkorlik boshlanganini e’lon qildi. Iqtidorli yosh futbolchi brendning reklama ambassadoriga aylandi.

«Iqtidorli yosh futbolchi Palmer Coca-Cola va Powerade reklama kampaniyalarida ishtirok etadi. Bu orqali brend butun dunyodagi futbol ishqibozlari bilan aloqalarini yanada mustahkamlaydi», — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Palmer hozirda 23 yoshda va u bugungi «Chelsi»ning asosiy yetakchilaridan biri hisoblanadi. Futbolchi Angliya terma jamoasi safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygan.

«Ushbu kelishuvning imzolanishi Coca-Cola’ning «Z avlodi» va keng futbol ommasi oldidagi uzoq yillik majburiyatlarini yanada mustahkamlaydi», — deya qo‘shimcha qildi kompaniya vakillari.

Kiritildi: 23:38, 28.04.2026.
O'qildi: 824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик