Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Parijda haqiqiy «jang»: «PSJ» va «Bavariya» birinchi bo‘limning o‘zida 5 ta gol urishdi

Parijda haqiqiy «jang»: «PSJ» va «Bavariya» birinchi bo‘limning o‘zida 5 ta gol urishdi

Baho:
+ | -

Seshanba oqshomida Chempionlar Ligasining «PSJ» va «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. «Park de Prens» stadionida birinchi bo‘lim yakunlandi va tabloda 3:2 hisobi aks etmoqda.

O‘yinning 17-daqiqasida Xarri Keyn penaltidan Matvey Safonov darvozasini ishg‘ol qilib, «Bavariya»ni hisobda oldinga olib chiqdi (0:1). 24-daqiqada Xvicha Kvarasxeliya raqib jarima maydonchasining chap qanotidan yo‘llagan chiroyli zarbasi bilan muvozanatni tikladi (1:1). 33-daqiqada burchak to‘pidan so‘ng Joau Nevesh gol urib, parijliklarni oldinga olib chiqdi (2:1). 41-daqiqada Maykl Olise parijliklarning markazdagi xatosidan unumli foydalandi: fransuz qulay pozisiyaga chiqib bordi va 14 metrlar chamasi masofadan kuchli zarba yo‘lladi (2:2). Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa Usmon Dembele penaltidan gol urib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:57, 29.04.2026.
O'qildi: 966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик