Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

La Liga grandi Robertsonni «Tottenxem»dan ilib ketishi mumkin

La Liga grandi Robertsonni «Tottenxem»dan ilib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» chap qanot himoyachisi Endryu Robertson mavsum yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanadi. Ma’lum bo‘lishicha, shotlandiyalik futbolchining muddati tugayotgan shartnomasi uzaytirilmaydi. 32 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar «Tottenxem» hisoblanayotgan edi, biroq agar «shporlar» Chempionshipga tushib ketsa, bu kelishuv amalga oshishi amrimahol.

Daily Record nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, Madridning «Atletiko» klubi Robertsonga bo‘lgan qiziqishini yana tiklagan. «Matraschilar» bir necha oy oldin ham futbolchiga da’vogarlar qatorida tilga olingan edi. Endryu Robertson 2017 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda lateral «qizillar» safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 09:33, 29.04.2026.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик