Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Apson: «Arsenal» final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega»

Apson: «Arsenal» final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Mettyu Apson Londonning «Arsenal» klubi Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish imkoniyatlari haqida nimalar deb o‘ylashini aytdi. Bugun Mikel Arteta jamoasi Madridda «Atletiko»ga qarshi dastlabki yarim final uchrashuvini o‘tkazadi. Javob o‘yini esa 5 may kuni bo‘lib o‘tadi.

«Bizni, shubhasiz, ehtiyotkorona o‘yin kutmoqda. Rostini aytsam, har ikkala bahs ham ancha zerikarli kechadi deb o‘ylayman, ammo «Arsenal»da final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bor — u yerda esa g‘alabagacha atigi bir qadam qoladi. «Arsenal» «PSJ» yoki «Bavariya»ga qarshi finalda favorit bo‘ladimi? Katta ehtimol bilan — yo‘q, chunki bu jamoalarning hozirgi sport formasi va ruhiy holati juda yuqori. Lekin finalda har qanday voqea sodir bo‘lishi mumkin», — deya Apsonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Arsenal Radar.

«To‘pchilar» va «matraschilar» o‘rtasidagi bugungi bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 09:40, 29.04.2026.
O'qildi: 182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик