Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytishga ishonmoqda

Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytishga ishonmoqda

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar hali ham bo‘lajak jahon chempionatiga Braziliya terma jamoasi tarkibida borishiga ishonmoqda. 34 yoshli futbolchining imkoniyatlari past baholanayotgan bo‘lsa-da, yulduzli forvardning o‘zi umidini uzgani yo‘q.

«Har bir inson jahon chempionatida o‘ynashni orzu qiladi. Xudo xohlasa, men u yerda bo‘laman», — deya Neymarning mundial haqidagi savolga bergan javobini iqtibos keltiradi The Touchline. «Santos» hujum yetakchisi, shuningdek, finalda Braziliya va Argentina to‘qnash kelishidan xursand bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Neymar «pentakampeonlar» safida 128 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Futbolchining milliy terma jamoa libosida maydondagi oxirgi ko‘rinishi 2023 yilning oktyabr oyiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 10:01, 29.04.2026.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик