Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Kaysedo «PSJ» va «Chelsi» o‘rtasida tanlov qildi

Kaysedo «PSJ» va «Chelsi» o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+2 | -

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Moyses Kaysedo yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Football365 nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, ekvadorlik yarim himoyachini sotib olishga Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq Kaysedoning o‘zi Parij grandiga o‘tishni istamayapti. Moyses faoliyatini «Stemford Bridj»da davom ettirish niyatida.

24 yoshli yarim himoyachi «aristokratlar» safida 2023 yilning avgustidan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining bozor qiymati 110 million yevroga baholangan.

Premyer-liganing joriy mavsumida Kaysedo 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ekvadorlik futbolchi o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:45, 29.04.2026.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик