Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Klarens Zeedorf YECHLning asosiy favoritini aytdi

Klarens Zeedorf YECHLning asosiy favoritini aytdi

Baho:
+ | -

«Milan»ning sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf Amazon Prime efirida «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvini tahlil qilgan ekspertlardan biri bo‘ldi. Ma’lumki, Chempionlar ligasining dastlabki yarim finalida parijliklar o‘z maydonida 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Zeedorfning fikricha, «PSJ» va «Bavariya»ning bor e’tiborini hujumkor futbolga qaratgani joriy mavsumda Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashda ularga xalaqit berishi mumkin.

«Biz «Arsenal» kabi jamoalarning ko‘p bora darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani va muvaffaqiyatga erishganiga guvoh bo‘ldik. Ular bu kubokni qo‘lga kiritishlari mumkin», — dedi Zeedorf.

Ta’kidlash joizki, «Arsenal» hali biror marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan. «To‘pchilar» o‘z tarixidagi yagona finalda (2006 yilda) «Barselona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

Chorshanba kuni, 29 aprel soatida, «Arsenal» yarim final doirasida «Atletiko» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 13:45, 29.04.2026.
O'qildi: 1074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик