Kirish Ro'yxatdan o'tish

Noyer 5 ta gol o‘tkazganiga qaramay, Myunxendagi revanshga ishonmoqda

Noyer 5 ta gol o‘tkazganiga qaramay, Myunxendagi revanshga ishonmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan ilk o‘yinda (4:5) o‘z darvozasidan beshta to‘p olib chiqqanidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Germaniyalik golkiper ushbu bahsda o‘z darvoza sohasiga yo‘llangan birorta zarbani qaytara olmadi.

«Albatta, 5 ta gol o‘tkazib yuborish — har qanday himoya va har qanday darvozabon uchun yoqimsiz holat. Siz bu gollarni ko‘rdingiz. Zarbalarni qaytarish juda qiyin edi. Ikkita vaziyatda to‘pga juda yaqin kelgandim — qaytarishim yoki hatto qo‘lim bilan tegishim ham mumkin edi.

Shunga qaramay, biz xarakter ko‘rsatdik va ikkita gol farqini yo‘qqa chiqardik. Hatto hisobni 5:5 qilishimiz ham mumkin edi. Keyingi haftada o‘z uyimizda o‘ynashimizni va hammasi o‘z qo‘limizda ekanligini bilamiz. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q, hamma narsaning iloji bor», — dedi Manuel Noyer.

Kiritildi: 13:55, 29.04.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик