Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Bavariya» sport direktori: «Ular finalga chiqdik deb o‘ylashgandi»

«Bavariya» sport direktori: «Ular finalga chiqdik deb o‘ylashgandi»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Maks Eberl Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi o‘yin (4:5) natijasiga munosabat bildirdi.

Funksionerning so‘zlariga ko‘ra, hisob 5:2 ko‘rinishini olganda, parijliklar xuddi finalga chiqib bo‘lgandek g‘alabani nishonlay boshlashgan.

«Bunday vaziyatda va shunday muxlislarga qarshi o‘yinda ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarish — bu alohida hodisa. Bu jamoaning xarakterini belgilab beradi va javob o‘yinida bizga aynan shu xislat kerak bo‘ladi», — deya Eberlning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalning javob uchrashuvi 6 may kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 19:56, 29.04.2026.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик