Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Mourinyoning agenti Jorje Mendesh “Real” bilan muzokaraga kirishdi

Mourinyoning agenti Jorje Mendesh “Real” bilan muzokaraga kirishdi

Baho:
+ | -

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh bir necha kundan buyon “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda. Portugaliyalik mutaxassisning shaxsiy shartnoma shartlari va uning muddati klub uchun muammo tug‘dirmayapti. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Mourinyo “qirollik klubi”ga qaytishga tayyor. Shu bilan birga, Yurgen Kloppning “Real”ga tayinlanishi borasida hech qanday muhokamalar olib borilmayapti.

Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, “Benfika” Joze Mourinyuni bosh murabbiy lavozimida saqlab qolmoqchi, biroq portugaliyalik mutaxassis o‘ziga qiziqish bildirayotgan Madridning “Real” klubini boshqarishni istamoqda. Shu bilan birga, “qaymoqranglilar” yana to‘rtta murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, “qirollik klubi” “Benfika”ga 6 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi, biroq ushbu summa may oyi oxirigacha amal qiladi. 63 yoshli mutaxassisning Lissabon klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Portugaliyalik mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha “Real”da faoliyat yuritgan va bu davr mobaynida uchta sovrinni qo‘lga kiritgan. Mourinyo Madrid klubidagi avvalgi faoliyati davomida La Liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan edi.

Mourinyo bilan bir qatorda “Real”ning “short listi”da boshqa taniqli murabbiylar ham bor. Ikki yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini davom ettirishga tayyor bo‘lgan Yurgen Klopp hozircha asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, nomzodlar orasida AQSH terma jamoasidan ketishi kutilayotgan Maurisio Pochettino, Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann, 14 yillik faoliyatdan so‘ng Fransiyani tark etayotgan Didye Desham va “Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham bor. Klub rahbariyati yaqin haftalar ichida ushbu nomzodlar orasidan jamoa kelajagini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan eng munosib mutaxassisni tanlab oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:50, 29.04.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик