Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Hakimiy «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

Hakimiy «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» himoyachisi Ashraf Hakimiy «Bavariya»ga qarshi yarim finalning birinchi uchrashuvida jarohat oldi va javob bahsida ishtirok etmasligi mumkin.

Jurnalist Fabrisiya Xokins ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki tekshiruvlar bu oddiy mushak tortishishi emasligini ko‘rsatgan. Marokashlik futbolchiga jarohatning aniq xarakteri va tiklanish muddatini belgilash uchun qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Uning javob o‘yinida qatnashishi hozircha so‘roq ostida bo‘lib, barchasi tekshiruv natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Agar Hakimiy maydonga tusha olmasa, parijliklar murabbiylar shtabi tarkibda o‘zgarish qilish variantini ko‘rib chiqmoqda — uning o‘rnida Uorren Zair-Emeri maydonga tushishi mumkin.

Shu bilan birga, Nunu Mendesh bo‘yicha ijobiyroq xabarlar kelmoqda. Chap qanot himoyachisining holati qoniqarli deb baholanmoqda va u javob uchrashuvida ishtirok etishi kutilmoqda.

Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv «Pari Sen-Jermen»ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Javob bahsi bir haftadan so‘ng — 7 mayga o‘tar kechasi — «Bavariya» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 21:57, 29.04.2026.
O'qildi: 193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик