Mashhur sobiq futbolchi Pol Skoulz yaqinda Liam Rosenyorning Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyligidan bo‘shatilgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ekspertning fikricha, «ko‘klar» rahbariyati 41 yoshli mutaxassisni «Strasburg»dan taklif qilib, katta xatoga yo‘l qo‘ygan.
«Na futbol olamida va na undan tashqarida, ulardan (klub rahbariyatidan) boshqa hech kim Rosenyorni «Chelsi»ga mos keladi deb o‘ylamagan edi. Mening nazarimda, bu shunchaki aqlsizlik edi», — deya ekspertning so‘zlarini keltiradi The Overlap.
Ayni damda «Chelsi» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 48 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi beshta o‘yinda londonliklar besh marta mag‘lubiyatga uchradilar.













