Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Alvares Chempionlar ligasida 25 ta golga eng tez erishish bo‘yicha Messini ortda qoldirdi

Alvares Chempionlar ligasida 25 ta golga eng tez erishish bo‘yicha Messini ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasi tarixida 25 ta golga eng tez yetishgan janubiy amerikalik futbolchiga aylandi. Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, u bu natijani 41 ta o‘yinda qayd etdi.

Shu tariqa Alvares «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi. Argentinalik yulduz mazkur ko‘rsatkichga 42 ta uchrashuvda erishgan edi.

Chempionlar ligasi yarim finali birinchi o‘yinida «Arsenal»ga qarshi bahsda Alvares penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5 may kuni Londondagi «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:17, 30.04.2026.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик