Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Mixail Mudrikning doping ishi sport arbitraj sudiga yetib bordi

Mixail Mudrikning doping ishi sport arbitraj sudiga yetib bordi

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi va “Chelsi” futbolchisi Mixail Mudrikning doping bilan bog‘liq ishi Xalqaro sport arbitraj sudiga (CAS) yetib bordi. Futbolchi Angliya futbol assosiasiyasi (FA) qarori ustidan apellyasiya bergan. U 2024 yil dekabr oyida doping-testdan o‘ta olmagani sababli dastlab assosiasiya tomonidan futboldan chetlatilgan edi.

Hozirda u apellyasiya arizasini topshirgan va ish CAS tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida “yozma bayonotlar” almashinuvi yakunlangan, biroq sud majlisi sanasi hali belgilanmagan.

Ukrainalik futbolchi so‘nggi bor “aristokratlar” safida 2024 yil noyabr oyida Konferensiyalar Ligasi doirasida maydonga tushgan edi.

2025 yil iyun oyida rasman ayblov e’lon qilinganidan beri Mudrik ish yakuni va apellyasiya natijasini kutmoqda.

2024 yilda bergan bayonotida Mudrik doping-test natijasi u uchun “mutlaqo kutilmagan holat” bo‘lganini va “hech qanday xato ish qilmaganini” ta’kidlagan edi. “Chelsi” klubi esa o‘z ichki surishtiruvini o‘tkazgan va 25 yoshli futbolchiga chetlatish e’lon qilingandan so‘ng jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishga ruxsat bermagan.

Mudrik 2023 yilda “Shaxtyor Donesk”dan “Chelsi”ga 89 million funt sterling evaziga o‘tgan edi. U klub safida 73 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta assist muallifiga aylangan. Hozirda futbolchi jismoniy holatini saqlab turish uchun jamoasidan alohida mashg‘ulot olib bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:28, 30.04.2026.
O'qildi: 207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик