Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

La Ligada 70 yillik rekord: Golsiz duranglar soni keskin kamaydi

La Ligada 70 yillik rekord: Golsiz duranglar soni keskin kamaydi

Baho:
+-1 | -

Hozirgi vaqtga kelib, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 330 ta o‘yin o‘tkazildi va ulardan faqat o‘n to‘rttasi golsiz durang bilan yakunlandi. Bu foiz nisbatida 4,24 foizni tashkil etadi.

Ispaniya chempionatida golsiz duranglarning bu qadar past ko‘rsatkichi deyarli yetmish yildan beri — 1957/1958 yilgi mavsumdan buyon kuzatilmagan edi. Ispaniya birinchiligining o‘tgan 33-turida yagona durang «Espanyol» va «Levante» jamoalari o‘rtasidagi bahsda qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Barselona» peshqadamlik qilmoqda — ushbu mavsumda kataloniyaliklar ishtirokidagi birorta o‘yinda 0:0 hisobi qayd etilmadi. «Real» esa, «Barselona»dan farqli o‘laroq, 12-turda «Rayo Valyekano» bilan bahsda golsiz durangga imzo chekkan edi.

Kiritildi: 08:31, 30.04.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик