Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Lyorente «Arsenal» bilan o‘yindagi xatolarni sanab o‘tdi

Lyorente «Arsenal» bilan o‘yindagi xatolarni sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Markos Lyorente Chempionlar ligasi birinchi yarim finali doirasida Londonning «Arsenal» jamoasi bilan qayd etilgan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.

«Kanonirlar» 44-daqiqada hisobni ochishgandi, biroq bu ustunlik uzoq davom etmadi — 56-daqiqadayoq Xulian Alvares muvozanatni tikladi.

«Birinchi bo‘limda «Arsenal» ustunlik qildi, ikkinchi bo‘limda esa — biz. Javob o‘yinida ham bugungi bahsning tanaffusdan keyingi qismida ko‘rsatgan o‘yinimizni davom ettirishimiz kerak.

To‘pni qaytarib olish biz uchun qiyin kechdi, raqib jarima maydoni yaqinida esa haddan tashqari shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ydik. Bu o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi: biz yaratishimiz mumkin bo‘lgan vaziyatlarning barchasini ham yuzaga keltira olmadik, borlaridan esa unumli foydalana olmadik», — dedi Lyorente jurnalistlar bilan suhbatda.

Kiritildi: 09:28, 30.04.2026.
O'qildi: 190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик