Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«U Mbappe yoki Vinisius emas»: Xavyer Pastore Mastantuononing «Real»dagi holati haqida gapirdi

«U Mbappe yoki Vinisius emas»: Xavyer Pastore Mastantuononing «Real»dagi holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Mashhur sobiq futbolchi, hozirda agent sifatida faoliyat yuritayotgan Xavyer Pastore o‘zining mijozi Franko Mastantuononing «Real Madrid»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

18 yoshli argentinalik vinger Yevropa futbolidagi debyut mavsumini o‘tkazmoqda. Dastlabki o‘yinlarda «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibida muntazam maydonga tushgan bo‘lsa-da, so‘nggi oylarda Mastantuono hatto zaxiradan tushishda ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

«U hali bor-yo‘g‘i 18 yoshda. Men ham o‘z vaqtida 18 yoshimda «Real»da bo‘lishni istardim! Franko — o‘ta iste’dodli futbolchi, aynan shuning uchun ham u shunday buyuk klubga qabul qilingan. Unga moslashish uchun vaqt berish kerak. Shuningdek, jamoadoshlari ham uning o‘z o‘yinini topib olishiga ko‘maklashishlari lozim.

Franko Mbappe yoki Vinisius kabi o‘yin taqdirini yakka tartibda hal qiladigan futbolchilar toifasidan emas. U ko‘proq jamoaviy o‘yinga tayanadi va sheriklari bilan hamjihatlik u uchun juda muhim. O‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan biz haqiqiy Mastantuonini ko‘ramiz», — deya Pastorening so‘zlarini keltirmoqda Diario AS.

Ma’lumot uchun, yosh futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:31, 30.04.2026.
O'qildi: 412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик