Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Yan Oblak: «Londondagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatni unutamiz, oldinda boshqa o‘yin kutmoqda»

Yan Oblak: «Londondagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatni unutamiz, oldinda boshqa o‘yin kutmoqda»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Arsenal»ga qarshi kechgan ilk uchrashuvdan (1:1) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu har ikki jamoa uchun juda keskin bahs bo‘ldi. Ikkala tomon ham g‘alaba qozonishni istagandi. O‘ylaymanki, biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Hisob 1:1 va endi hammasi kelasi hafta Londonda hal bo‘ladi. Biz u yerda avvalroq qabul qilib olingan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat haqida o‘ylamaymiz. Ishonamanki, bu gal mutlaqo boshqacha o‘yin bo‘ladi. Yaxshi natija qayd etish va finalga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Hozircha sovrin haqida o‘ylayotganimiz yo‘q — avvalo javob bahsida munosib ishtirok etishimiz kerak. «Arsenal» ham YECHLda zafar quchishni istaydi. Bizning vazifamiz esa avval ularning to‘sig‘idan o‘tishdir», — deya Oblakning so‘zlarini keltirmoqda TNT Sports.

Kiritildi: 11:54, 30.04.2026.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик