Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Rays: «Bu yaqqol penalti edi»

Rays: «Bu yaqqol penalti edi»

Baho:
+2 | -

Londonning «Arsenal» klubi yarimhimoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi 1/2 finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o‘yinda (1:1) belgilanmagan ikkinchi penalti haqida keskin fikr bildirdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida «kanonirlar» a’zosi Eberechi Eze va madridliklar himoyachisi David Gansko o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng, bosh hakam Danni Makkeli dastlab «Atletiko» darvozasiga penalti belgilagan edi. Biroq videotakrorlarni ko‘rgach, referi o‘z qarorini bekor qildi.

«Menimcha, «Atletiko» muxlislari hakamga ta’sir o‘tkazishdi va uni qarorini o‘zgartirishga majbur qilishdi. Bu yaqqol penalti edi va nima uchun u belgilanmaganini haligacha tushunmayapman», — deya Raysning so‘zlarini keltirmoqda Stan Sport.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs durang bilan yakunlandi va finalchi nomi 5 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvida ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 12:49, 30.04.2026.
O'qildi: 346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик