Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares transfer mish-mishlari markazida qolishda davom etmoqda. Argentinalik yulduzning nomi so‘nggi paytlarda asosan «Barselona» va Londonning «Arsenal» klublari bilan bog‘lanmoqda.
The Touchline nashriga ma’lum bo‘lishicha, Alvares faoliyatini aynan La Ligada davom ettirishni istamoqda. Hujumchi Ispaniyadagi hayotidan mamnun va o‘zini bu yerda juda qulay his qilmoqda. Xulian Angliya Premyer-ligasining yetakchi klublari tomonidan bo‘layotgan qiziqishni yuqori baholasa-da, uning uchun Ispaniyada qolish va to‘p surish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, nufuzli Transfermarkt portali Xulian Alvaresning bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Biroq «Atletiko» rahbariyati o‘z to‘purarini qo‘yib yuborish uchun bundan ancha yuqoriroq mablag‘ talab qilishi aniq.













