Taniqli mutaxassis Yurgen Klopp «Liverpul» hujumkor yarim himoyachisi Florian Virsning kelajagi va oldinda turgan Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Germaniya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan 22 yoshli futbolchi shu yozda bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etadi.
«Umid qilamanki, Virs ajoyib Jahon chempionatini o‘tkazadi. Menimcha, unda eng zo‘r futbolchi bo‘lib yetishish uchun barcha xislatlar mujassam. U og‘ir mavsumda ham qanchalik mahoratli ekanini allaqachon isbotlab ulgurdi», — deya Kloppning so‘zlarini keltirmoqda BBC nashri.
Ma’lumot o‘rnida, Florian Virs joriy mavsumda klub miqyosida jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida Germaniya terma jamoasi Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













