Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Dyokeresh muvaffaqiyatli penaltilar seriyasini uzaytirdi

Dyokeresh muvaffaqiyatli penaltilar seriyasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi dastlabki bahsda (1:1) yana bir bor o‘zining sovuqqonligini namoyish etdi. Shved futbolchisi 44-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini bexato amalga oshirib, hisobni ochdi.

Opta statistika portalining qayd etishicha, Dyokeresh klub va terma jamoa miqyosida ijro etgan so‘nggi 27 ta penaltining barchasini golga aylantirgan. Uning ushbu hayratlanarli seriyasi bundan ikki yil avval — 2024 yilning mart oyida, futbolchi hali Lissabonning «Sporting» klubi sharafini himoya qilayotgan kezlarda boshlangan edi.

Shu tariqa, 27 yoshli forvard ikki yildan beri 11 metrlik nuqtada xato nimaligini bilmay kelmoqda. Biroq uning goli «kanonirlar»ga Madridda g‘alaba qozonish uchun kifoya qilmadi. 56-daqiqada «matraschilar» hujumchisi Xulian Alvares ham penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.

Kiritildi: 13:20, 30.04.2026.
O'qildi: 430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик