«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye jarohat oldi.
Parijliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, fransiyalik posbon chorshanba kungi ertalabki mashg‘ulot vaqtida o‘ng sonidan jarohat olgan. Shevalye kamida bir necha haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda — shifokorlar uning tiklanish jarayonini nazorat qilib borishadi.
Shevalye oxirgi marta 23 yanvar kuni Liga 1 doirasidagi «Oser»ga qarshi o‘yinda (1:0) maydonga tushgan edi. «PSJ»ning so‘nggi 19 ta uchrashuvida asosiy tarkibda Matvey Safonov harakat qilmoqda.













