Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Di Kanio: «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvi Godzilla va King-Kong jangiga o‘xshardi»

Di Kanio: «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvi Godzilla va King-Kong jangiga o‘xshardi»

Baho:
+ | -

«Yuventus», «Napoli» va «Milan» klublarining sobiq hujumchisi Paolo Di Kanio Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ» va «Bavariya» (5:4) o‘rtasidagi birinchi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«PSJ» – «Bavariya» uchrashuvi Godzilla va King-Kong o‘rtasidagi jangga o‘xshardi. Kuchli, chaqqon mavjudotlar hech qanday hisob-kitobsiz, tinimsiz burilishlar va fintlar bilan kurashishdi.

Himoya yomonmi? Biz shunchaki hasad qilyapmiz. Biz ba’zi futbolchilarni sotib olishga qurbimiz yetmaydi-ku? Agar ular texnik jihatdan kuchli va tezkor bo‘lsa, juda qimmat turishadi. Natijada esa Premyer-ligaga yo‘l olishadi.

«Bavariya» Keyn uchun 100 million yevro to‘ladi. Bu yerda Italiyada esa ba’zilar, barcha hurmatni saqlagan holda, Lukaku va Leauga qoyil qolishadi. Biz esa 38 yoshli Levandovskini kutyapmiz!», — dedi Di Kanio La Repubblica nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 15:32, 30.04.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик