Aprel oyi yakunlariga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 8 nafar o‘yinchi da’vogarlik qilmoqda.
Djerrod Bouen («Vest Xem») – 2 g‘alaba, 1 durang, 4 golli uzatma;
Rayan Sherki («Manchester Siti») – 3 g‘alaba, 1 gol, 2 golli uzatma;
Morgan Gibbs-Uayt («Nottingem Forest») – 2 g‘alaba, 1 durang, 2 golli uzatma;
Paskal Gross («Brayton») – 2 g‘alaba, 1 durang, 2 golli uzatma;
Konstantinos Mavropanos («Vest Xem») – 2 g‘alaba, 1 durang, 2 gol;
Noa Okafor («Lids») – 2 g‘alaba, 1 durang, 3 gol, 1 golli uzatma;
Niko O’Rayli («Manchester Siti») – 3 g‘alaba, 1 gol;
Aleks Skott («Bornmut») – 2 g‘alaba, 1 durang, 1 gol.
G‘olib muxlislar va ekspertlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.













