Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Kristof Dyugarri Maykl Oliseni Zinedin Zidan bilan qiyosladi.
«Bavariya» vingeri Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi dastlabki o‘yinda (4:5) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Biz nimaning guvohi bo‘layotganimizni hali anglab yetmayapmiz, u — ajoyib futbolchi. Balki men voqealardan ilgarilab ketayotgandirman, lekin nazarimda, unda Zidanga xos nimadir bor — to‘pni bemalol nazorat qilishida, tanasidan foydalanishida, chiziqlar orasida harakatlanishida va o‘yinni ko‘ra olishida...
Biz yangi yulduz tug‘ilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu u qila oladigan ishlarning hali boshlanishi, xolos. Menimcha, u haqiqatan ham alohida iqtidor. U hamma narsani biladi! Gol ura oladi, pas beradi, yuguradi...
Yana kim Nunu Mendeshga shunchalik ko‘p muammo tug‘dirgan? Hech kim! Biz ulkan bir jarayonning boshida turibmiz», — dedi Dyugarri Rothen s’enflamme efirida.













