Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Bernli» APLdan tushib ketgach, bosh murabbiy bilan xayrlashdi

«Bernli» APLdan tushib ketgach, bosh murabbiy bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Skott Parker tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra «Bernli» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

«O‘tgan haftada klubning Premyer-ligadan tushib ketishi tasdiqlangach, Parker va direktorlar kengashi muzokaralar o‘tkazishdi va uning «Terf Mur»dagi faoliyatini yakunlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Parker o‘z faoliyati davomida «Bernli»ni 2024/25 yilgi rekord darajadagi mavsum sari boshlab bordi va jamoaning Chempionshipdan Premyer-ligaga chiqishini ta’minladi. O‘sha mavsumda jamoa 33 ta o‘yinda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan va 30 bor o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.

Klub Skottga professionalligi, fidoyiligi va qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi. U «Bernli» bilan bog‘liq bo‘lgan barchaning hurmati va tashakkuri bilan ketmoqda.

Mayk Jekson mavjud murabbiylar shtabi ko‘magida, Premyer-liganing qolgan to‘rtta o‘yinida, jumladan, juma kuni «Lids Yunayted»ga qarshi safardagi bahsda vaqtinchalik jamoani boshqarib turadi. 2026/27 yilgi mavsum oldidan yangi doimiy bosh murabbiyni tayinlash jarayoni boshlandi», — deyiladi «Bernli» bayonotida.

«Chelsi» va «Tottenxem» klublarining sobiq yarim himoyachisi Parker «Bernli»ni 2024 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. Hozirda jamoa Premyer-ligada 34 o‘yindan keyin 20 ochko to‘plagan holda 19-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:44, 30.04.2026.
O'qildi: 484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик