Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Manchester Yunayted»da Kerrikning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy nomi aytildi

«Manchester Yunayted»da Kerrikning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiy nomi aytildi

Baho:
+ | -

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni inqirozdan olib chiqdi va jamoa hozirda kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. «Qizil iblislar» rahbariyati Karrikni yangi shartnoma bilan taqdirlashi kutilmoqda.

Biroq, klubda Ule Gunnar Sulsher bilan bog‘liq vaziyat takrorlanishidan xavotirlar bor. Norvegiyalik mutaxassis ham o‘z vaqtida klubdagi yo‘lini yaxshi boshlagan, ammo keyinchalik katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan edi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» yakuniy qaror qabul qilishdan oldin boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqadi. Hozirda Kerrikning eng kuchli raqobatchisi Andoni Iraola bo‘lib turibdi. «Qizil iblislar» qarorgohida Iraolaning «Bornmut»dagi ishi va hujumkor uslubini juda yuqori baholashmoqda. U «Yunayted» rejalariga ideal tarzda mos keladi degan qarashlar mavjud.

Avvalroq, Andoni Iraola mavsum yakunlanganidan keyin «Bornmut»ni tark etishi e’lon qilingan edi. Matbuot uni «Chelsi» bilan ham bog‘lamoqda.

Kiritildi: 16:14, 30.04.2026.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик