Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti «Bavariya» a’zosi Maykl Oliseni Zinedin Zidan bilan solishtirishni hali erta deb hisoblashini aytdi.
Avvalroq Kristof Dyugarri Olisening Zidanga o‘xshashligi haqida shunday degan edi: «Biz yangi yulduz tug‘ilishiga guvoh bo‘lyapmiz — u hamma narsani qila oladi, hali hech kim (Nunu) Mendeshga bunchalik ko‘p muammo tug‘dirmagan edi».
«Men oldin ham ba’zi futbolchilarning Zidanga qiyoslanganini eshitganman. Ammo bu futbolchilarning juda kami doimiy ravishda yuqori darajani ko‘rsata olgan. Yashab ko‘ramiz — ko‘ramiz.
Har birimiz Olisening ajoyib fazilatlariga qoyil qolamiz. Lekin men hali ham buni doimiy bo‘lishini kutyapman. Buni ko‘rish uchun jahon chempionatini kutaman», — dedi Peti.













