«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, darvozabon yangi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda, uning agenti esa myunxenliklar bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.
Manbaga ko‘ra, «Bavariya» Noyerga 2027 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqda. 40 yoshli darvozabon bilan hozircha kelishuvga erishilmagan. Qayd etilishicha, Noyerning «Bavariya»dagi o‘rinbosari Yonas Urbig kelasi mavsumda yanada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.
Joriy mavsumda Noyer klub safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Urbig 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Germaniya jamoasining uchinchi darvozaboni Sven Ulrayx esa yana bir o‘yinda qatnashdi.













