Jahon shaxmat toji uchun bahs FIDE jahon chempionati siklining eng yuqori bosqichi hisoblanadi. 2026 yilgi bahs keyingi ikki yil davomida shaxmat olamida kim hukmronlik qilishini aniqlab beradi — amaldagi jahon chempioni Gukesh Domaradju (Hindiston) yoki da’vogar Javohir Sindarov (O‘zbekiston). Ushbu to‘qnashuv tarixdagi eng yoshlar ishtirok etgan jahon chempionati bahsi bo‘ladi. Chunki o‘yin boshlanganda har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda bo‘ladi.
2026 yilgi jahon chempionati bahsi dastlabki rejaga ko‘ra 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgacha o‘tkaziladi. FIDE musobaqani o‘tkazish uchun arizalar qabul qilish jarayonini boshladi.
1.2. Asosiy shartlar quyidagilardan iborat:
a) Musobaqa umumiy davomiyligi — 25 kungacha;
b) Reglament 2026 yil 1 iyulgacha tasdiqlanadi;
c) Musobaqaning taxminiy umumiy byudjeti — 8 500 000 AQSH dollari;
d) Minimal mukofot jamg‘armasi — 2 500 000 AQSH dollari;
e) FIDE badali — 1 100 000 AQSH dollari;
f) Tijorat, homiylik va translyasiya huquqlari bo‘yicha to‘lovlar arizada alohida ko‘rsatiladi;
g) Tashkilotchi FIDE homiylari va hamkorlarining huquqlariga, jumladan video translyasiya bo‘yicha huquqlarga rioya qilishi shart.
1.3. Ariza beruvchilarga talablar:
Ariza beruvchi maxsus Bidding Form’ni to‘ldirishi shart. Unda byudjetning har bir bandi aniq taqsimlab ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek, FIDE’ga tijorat va homiylik huquqlari uchun to‘lovlar, translyasiya huquqlari uchun to‘lovlar, hamda ushbu huquqlarni FIDE va tashkilotchilar o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritilishi lozim.
Imzolangan hujjat 2026 yil 31 may kuni, Lozanna vaqti bilan 23:59 ga qadar [office@fide.com] manziliga yuborilishi kerak. Arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi shart. Zarur deb topilsa, FIDE ushbu muddatni uzaytirish huquqiga ega. Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi lozim.
1.4. FIDE ariza beruvchilar bilan qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish orqali takliflarni yaxshilash yoki o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1.5. Yakuniy qaror barcha taklif etilgan shartlar va shaxmatni rivojlantirish manfaatlari asosida qabul qilinadi.













