Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen ertaga start oladigan «TePe Sigeman Chess Tournament 2026»da ishtirok etadi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen ertaga start oladigan «TePe Sigeman Chess Tournament 2026»da ishtirok etadi

Baho:
+ | -

1–7 may kunlari Shvesiyaning Malmyo shahrida an’anaviy TePe Sigeman Chess Tournament 2026 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu yil turnir 31-marotaba tashkil etilmoqda.

Musobaqada jahon shaxmatining yetakchi grossmeysterlari ishtirok etadi. Ular orasida Magnus Karlsen, Nodirbek Abdusattorov, Arjun Erigaisi, Yorden van Forest, Nils Grandelius, Yagiz Kaan Erdogmush, Endi Vudvard va Ju Juner bor.

Turnir aylanma (round-robin) tizimida o‘tkaziladi. 8 nafar ishtirokchi 7 tur davomida bir-biriga qarshi bahs olib boradi. Vaqt nazoratiga ko‘ra, shaxmatchilar har partiya uchun 40 yurishga 90 daqiqa, so‘ngra partiya oxirigacha 30 daqiqa oladi. Shuningdek, har yurish uchun 30 soniya qo‘shimcha beriladi.

Qayd etish joiz, so‘nggi ikki yilda ushbu turnirda o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘alaba qozongan. 2024 yilda Nodirbek Abdusattorov chempion bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda Javohir Sindarov bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Bu yilgi musobaqada ham yurtdoshlarimizdan yuqori natija kutiladi.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 22:46, 30.04.2026.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик